Sport | 21:55 / 03.12.2015
2089
1 daqiqa o‘qiladi

Gari Nevill "Valensiya"ni boshqarish uchun Sky Sports`ning 15 mln funtlik taklifini rad qilgan

Sky Sports telekanali o‘zining futbol bo‘yicha asosiy tahlilchisi Gari Nevillni ishda olib qolish uchun unga 15 mln funt mablag‘ni o‘z ichiga oluvchi 5 yillik shartnoma taklif qilgani ma'lum bo‘ldi.

Lekin Nevill bu taklifni "Valensiya"da ishlash niyati tufayli rad qilgan.

Sky Sports telekanali esa sobiq futbolchi, endilikda "ko‘rshapalaklar"ning bosh murabbiyiga aylangan Nevillning tanlovini hurmat qilishini, u istagan vaqtda telekanalga qaytishi mumkinligini bildirgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish